19:48 / 20.01.2021
1 561

Tramp Oq uyni tark etdi (video)

Tramp Oq uyni tark etdi (video)
Foto: REUTERS/Leah Millis
AQSHning amaldagi prezidenti Donald Tramp Oq uyni tark etdi va Florida shtatiga yo‘l oldi. Avvalroq u birinchi xonim Melanya Tramp bilan birga Floridadagi Palm-Bich shahriga borishi ma’lum qilingandi.

Reuters agentligi esa Tramp dastlab Vashington yaqinidagi Endryus harbiy bazasida xayrlashuv marosimini o‘tkazishi to‘g‘risida xabar bergandi.

AQSHda prezident saylovi 2020 yil 3 noyabrda bo‘lib o‘tdi. 14 dekabr kuni saylovchilar hay’ati ovoz berish natijalarini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Jozef Bayden mamlakatning yangi prezidenti bo‘ldi.

6 yanvar kuni Senat va Kongress vakillar palatasi Baydenning g‘alabasini tasdiqladi. Jozef Baydenning inauguratsiya marosimi 20 yanvar kuni 22:00 (Toshkent vaqti bilan) bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)