1 638
Bayden Trampning iqlim bo‘yicha Parij bitimi va JSSTdan chiqish to‘g‘risidagi qarorlarini bekor qildi
Foto: AP Photo
AQSH prezidenti Jo Bayden inauguratsiya marosimidan bir necha soat o‘tib o‘zidan oldingi prezident Donald Trampning bir nechta qarorlarini bekor qiluvchi qator hujjatlarni imzoladi, deb xabar beradi «RBK».
AQSHning saylangan prezidenti Tramp tomonidan imzolangan qonunchilikdagi qator hujjatlarni bekor qilishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida 2020 yilning noyabrida ma’lum qilingandi.
Prezident sifatida Jo Baydenning qarorlari bilan kiritilgan o‘zgartirishlar:
- AQSHning 2015 yilgi iqlim bo‘yicha Parij bitimiga qaytishi. U atrof-muhitga uglerod gazlarining chiqarilishini qisqartirishni nazarda tutadi. Bitimga qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat BMTga topshiriladi va u 30 kundan so‘ng kuchga kiradi;
- AQSHning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan chiqishini bekor qilish. Vashington tashkilotdan chiqishini 2020 yilning yozida ma’lum qilgandi. Tramp bir necha bor JSSTni pandemiya vaqtida yo‘l qo‘ygan xatolari uchun tanqid qilgan;
- Qator musulmon davlatlari va Afrika mamlakatlaridan AQSHga kiruvchi fuqarolarga qo‘yilgan taqiqning bekor qilinishi;
- Meksika bilan chegarada qurilayotgan devorning to‘xtatilishi;
- Kanadadan AQSHga keluvchi Keystone XL neft quvurining bir qismini qurishga berilgan ruxsatning bekor qilinishi. Qurilishga ekolog va faollar qarshilik ko‘rsatgan edi. Mazkur quvur qurilishi Barak Obama prezidentligida to‘xtatilgan, biroq 2017 yili Tramp uni davom ettirishga ruxsat bergandi.
Bundan tashqari, Bayden majburiy niqob taqish va barcha federal ob’ektlarda ijtimoiy masofalanishga rioya qilish to‘g‘risidagi farmonga ham imzo chekkan.
U jurnalistlarga prezidentlik faoliyatini Amerika xalqiga bergan va’dasining ustidan chiqishdan boshlash niyatida ekanligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi