Foto: EPA
AQSH prezidenti Jo Bayden Kapitoliy xavfsizligini ta’minlash uchun jo‘natilgan milliy gvardiya xizmatchilarining duch kelgan joyda yotgani aks etgan fotosuratlar chop etilganidan so‘ng ulardan uzr so‘radi.
Baydenning inauguratsiyasi vaqtida politsiyaga yordam berish uchun Vashingtonga 25 ming nafar milliy gvardiya askarlari joylashtirilgandi.
Payshanba kuni e’lon qilingan suratlarda gvardiyachilar yerosti mashinalar turargohida hordiq chiqarishga majbur bo‘lishgani tasvirlangandi.
Bu siyosatchilar o‘rtasida noroziliklarga sabab bo‘ldi, bir nechta shtatlar gubernatorlari milliy gvardiyachilarni chaqirib olishlarini bildirishdi.
OAVning ma’lumot berishicha, juma kuni Bayden milliy gvardiya byuro rahbariga uzr so‘rash va qanday choralar ko‘rish mumkinligini bilish uchun qo‘ng‘iroq qilgan. Shuningdek, birinchi xonim Jill Bayden shaxsan minnatdorlik bildirish uchun harbiy xizmatchilar bilan uchrashgan.
Milliy gvardiya va Kapitoliy politsiyasi bu holat yuzasidan qo‘shma bayonot berdi va harbiylarga yetarlicha sharoit yaratib berish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borayotganini bildirdi.
Senator Roy Blantning Politico portaliga ma’lum qilishicha, senat qo‘mitasi ushbu holat bo‘yicha tekshiruv boshlagan.
New York Times nashrining xabar berishicha, 19 ming nafarga yaqin gvardiyachi yaqin kunlarda o‘z shtatlariga qaytadi, 7 mingga yaqini esa hozircha Vashingtonda qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)