11:19 / 24.01.2021
2 046

Bayden Kapitoliyni qo‘riqlashga jo‘natilgan gvardiyachilardan uzr so‘radi

Bayden Kapitoliyni qo‘riqlashga jo‘natilgan gvardiyachilardan uzr so‘radi
Foto: EPA
AQSH prezidenti Jo Bayden Kapitoliy xavfsizligini ta’minlash uchun jo‘natilgan milliy gvardiya xizmatchilarining duch kelgan joyda yotgani aks etgan fotosuratlar chop etilganidan so‘ng ulardan uzr so‘radi.

Baydenning inauguratsiyasi vaqtida politsiyaga yordam berish uchun Vashingtonga 25 ming nafar milliy gvardiya askarlari joylashtirilgandi.
Payshanba kuni e’lon qilingan suratlarda gvardiyachilar yerosti mashinalar turargohida hordiq chiqarishga majbur bo‘lishgani tasvirlangandi.

Bu siyosatchilar o‘rtasida noroziliklarga sabab bo‘ldi, bir nechta shtatlar gubernatorlari milliy gvardiyachilarni chaqirib olishlarini bildirishdi.

OAVning ma’lumot berishicha, juma kuni Bayden milliy gvardiya byuro rahbariga uzr so‘rash va qanday choralar ko‘rish mumkinligini bilish uchun qo‘ng‘iroq qilgan. Shuningdek, birinchi xonim Jill Bayden shaxsan minnatdorlik bildirish uchun harbiy xizmatchilar bilan uchrashgan.

Milliy gvardiya va Kapitoliy politsiyasi bu holat yuzasidan qo‘shma bayonot berdi va harbiylarga yetarlicha sharoit yaratib berish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borayotganini bildirdi.

Senator Roy Blantning Politico portaliga ma’lum qilishicha, senat qo‘mitasi ushbu holat bo‘yicha tekshiruv boshlagan.

New York Times nashrining xabar berishicha, 19 ming nafarga yaqin gvardiyachi yaqin kunlarda o‘z shtatlariga qaytadi, 7 mingga yaqini esa hozircha Vashingtonda qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Kapitoliyni qo‘riqlashga jo‘natilgan gvardiyachilardan uzr so‘radi