Foto: Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati
Qirg‘iziston prezidentligiga sobiq nomzod va davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining sobiq rahbari Abdil Segizbayev hibsga olindi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, u Jogorku Kenesh deputatlarini obro‘sizlantirishda ayblanmoqda. Bosh prokuraturaning ma’lumot berishicha, 14 yanvar kuni Jogorku Kenesh sobiq deputati Almambet Shikmamatov ariza bilan murojaat qilgan.
Qayd etilishicha, uning arizasi asosida Segizbayevga nisbatan Jogorku Kenesh deputatlari Almambet Shikmamatov, Aida Salyanova va Omurbek Tekebayevni mamlakat aholisi oldida obro‘sizlantirish, ularni jinoyat qilganlikda qasddan ayblash fakti bo‘yicha Jinoyat kodeksining 320-moddasiga muvofiq (lavozimini suiiste’mol qilish) sudga qadar surishtiruv ishi ro‘yxatga olingan.
Segizbayev Bishkek ichki ishlar bosh boshqarmasi izolyatoriga joylashtirilganligi xabar qilinmoqda.
"Qirg‘iziston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining harbiy prokuratura bilan hamkorlikda olib borgan sudga qadar surishtiruvi davomida Abdil Segizbayevning ushbu jinoiy harakatlarni sodir etganligi aniqlanganligi munosabati bilan u respublika Jinoyat-protsessual kodeksining 98-moddasi tartibida hibsga olindi", - deyiladi bosh prokuratura xabarida.
Avvalroq mamlakat bosh prokuraturasi Segizboyevni yerlarni noqonuniy o‘zlashtirish va u yerlarda binolar qurish hamda keyinchalik ularni yaqin qarindoshlari nomiga o‘tkazish bilan shug‘ullanganlikda ayblab jinoyat ishi ochgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi