Foto: New York Daily News
AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohidan majburan chiqarib yuborilishi mumkin. Chunki bino turar joy sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Bu haqda 30 yanvar, shanba kuni CNN’ga tayanib «Korrespondenet.net» xabar berdi.
Ma’lumki, sobiq davlat rahbari ko‘chmas mulkni 1985 yilda Marjori Merriuezerdan sotib olgan. Keyinchalik Tramp uni xususiy golf-klubga aylantirgan. Aynan shu holat Trampga u yerda doimiy yashab qolish huquqini bermaydi.
«Mar-a-Lagoni Trampning doimiy qarorgohi yoki ofisi sifatida qo‘llanishi Palm-Bich shahri ma’muriyati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda va bu bo‘yicha qaror shahar kengashining 9 fevralda o‘tadigan yig‘ilishida muhokama qilinadi», — degan Palm-Bich shahar menejeri Krik Bluen.
O‘z vaqtida Tramp shaxsiy qarorgohini golf-klub sifatida qayta ro‘yxatdan o‘tkazganida shahar hokimiyati bilan Mar-a-Lagoda cheklangan vaqt davomida bo‘lishga kelishib olgan. Tramp bir yilda ko‘pi bilan 21 kun yashash tartibiga rioya qilishga rozi bo‘lgan. Xususiy qarorgohni daromad keltiradigan biznesga aylantirish uchun Tramp boshqa cheklovlarga ham rozi bo‘lishga majbur edi. Masalan, ushbu golf-klubning 500 nafardan ortiq a’zolari bo‘lmasligi, klub a’zolari, shu jumladan, Tramp Mar-a-Lagoda uzluksiz 7 kun yoki yiliga 3 haftadan ko‘p qolmasligi kerakligi belgilangan.
Biroq Tramp prezidentlik davridayoq Mar-a-Lagoda ko‘proq qolib, belgilangan tartibni buzgan.
Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Floridadagi ushbu zamonaviy kurort aholisi Tramp Oq uyni tark etganidan keyin klubni o‘zining doimiy uyiga aylantirishini istamaydi. O‘z navbatida, Trump Organization kompaniyasi sobiq prezidentga Mar-a-Lagodan o‘z qarorgohi sifatida foydalanishni taqiqlovchi birorta hujjat yoki kelishuv yo‘qligini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin