
«Amazon» onlayn-reteylerining choraklik daromadi bir yarim baravarga oshdi. 2020 yilning so‘nggi uch oyi kompaniyaga 125,6 milliard dollar keltirdi. Shundan sof foyda — yetti milliarddan ziyod, bir yilda esa 21 milliarddan ko‘proq.
Shuningdek, kompaniya ma’lum qilishicha, 2021 yilning uchinchi choragida «Amazon» asoschisi Jeff Bezos bosh direktorlikdan ketadi va direktorlar kengashi ijrochi raisi vazifasini bajarishga o‘tadi.
Biroq ekspertlar eng muhim qarorlarni Bezosning o‘zi qabul qilishini, shu bois uning ketishi kompaniya aksiyalari uchun salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlashgan.
Bosh direktor kursisida Bezosning o‘rniga Amazon veb-xizmatlari rahbari Endi Jessi o‘tirishi kutilmoqda.

Endi Jessi. Foto: «The Guardian» “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar