
Foto: «24.kg»
Qirg‘iziston sobiq prezidenti So‘ronboy Jeenbekov rafiqasi bilan birga Umra safariga jo‘nab ketdi. Bu haqda sobiq prezidentning matbuot kotibiga tayanib Kloop xabar bermoqda.
Jeenbekov 2 fevral kuni ertalab kichik Haj (Umra) safari uchun rafiqasi bilan «Manas» xalqaro aeroportidan Istanbulga uchib ketgan, u yerdan esa Saudiya Arabistonining Jidda shahriga parvoz qilgan.
Kichik Haj 10 kundan ortiq davom etadi, shundan keyin Jeenbekov Bishkekka qaytib keladi.
Matbuot kotibi qayd etishicha, Jeenbekov bu sayohatni 2020 yil noyabridan buyon rejalashtirgan. U Umra safarini Saudiya Arabistoni Qirolining taklifi bilan amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jeenbekov mamlakatdagi norozilik va siyosoy inqiroz sharoitida 2020 yilning oktabr oyida iste’foga chiqqan. Uning o‘rnini Sadir Japarov egallagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar