Foto: «RIA»
AQSH rahbari Jo Bayden o‘zidan avvalgi prezidentning eng yirik loyihalaridan birini rad etdi: Meksika chegarasida devor qurilishini moliyalashtirishni to‘xtatdi va u yerda 2019 yildan beri amal qilib kelayotgan favqulodda tartibni bekor qildi, deya xabar berdi Oq uy.
Favqulodda holat 2019 yil fevralda o‘sha paytdagi prezident Donald Tramp tomonidan joriy qilingan edi. Aslida favqulodda vaziyat tartibi qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini va mintaqada federal mablag‘ ajratishning soddalashtirilgan sxemasini anglatadi.
«Janubiy chegarada favqulodda holat tartibi e’lon qilinishi asossiz degan xulosaga keldim», — deyiladi prezident tomonidan AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosiga yuborilgan maktubda.
Bayden uning ma’muriyati «Amerika soliq to‘lovchilarining mablag‘lari Meksika chegarasida devor qurishga sarflanishiga» yo‘l qo‘ymasligini aytib, «bunga ajratilgan barcha resurslarni yaxshilab ko‘rib chiqishni» so‘radi.
Pelosiga yuborgan maktubida Bayden Kongressga favqulodda tartib tugatilgani hamda ular tomonidan taqdim etilgan mablag‘ bundan buyon janubiy chegarada devor qurishga ishlatilmasligi to‘g‘risida ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?