Foto: «AP»
Fransiya hukumati radikalizmni yo‘q qilish maqsadida masjidlar va diniy maktablar ustidan nazoratni kuchaytirishga qaror qildi. Tegishli qonun loyihasi bo‘yicha ovoz berish bugun, 16 fevral kuni parlamentning quyi palatasida bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi «Associated Press».
Jumladan, hujjat ko‘pxotinlilik va majburiy nikohga qarshi kurashishga qaratilgan. Qonun loyihasi parlamentning quyi palatasi tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda, u yerda prezident Emmanuel Makronning markaziy partiyasi ko‘pchilikni tashkil etadi. Hujjat konservatorlar hukmronlik qiluvchi Senatda ham qarshilikka duch kelmasligi ehtimoldan yiroq emas.
Ushbu qonun loyihasi mamlakatda yashovchi musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘lmoqda. Ularning fikricha, ushbu hujjat din erkinligini cheklaydi. Fransiyada shusiz ham terrorizmga qarshi kurashish uchun yetarlicha qonunlar mavjud. Qonun loyihasiga qarshi tomon, shuningdek, bu faqat Makronning kelasi yilgi prezident saylovlaridan oldin konservativ va o‘ta o‘ng saylovchilar orasida siyosiy ochko to‘plashga urinishi, deya ta’kidlashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi