Foto: «RIA Novosti»
Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklari tovushdan tez uchadigan yo‘lovchi biznes jetini ishlab chiqish va yaratish bilan shug‘ullanuvchi qo‘shma korxona tuzadi. Bu haqda Rossiya savdo-sanoat vaziri Denis Manturov ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».
Rossiya tomonidan loyihada Birlashgan aviasozlik korporatsiyasi yoki uning sho‘’ba korxonalaridan biri, BAA tomonidan esa Mubadala fondi qatnashadi. Vazirning aniqlik kiritishicha, hozircha qo‘shma korxonada kimning ulushi qancha bo‘lishi masalasi aniqlashtirilmagan.
Biznes-samolyot ikki xil — sig‘imi sakkiz kishigacha va 30 kishigacha bo‘lgan versiyada yaratiladi. Shu yil oxirigacha samolyotning tashqi ko‘rinishi ishlab chiqilishi mumkin. «Asosiy parametrlar esa menimcha, 80 foizga aniqlashtirilgan: bu 1,5—1,8 Max’ga teng tezlik. 1,8 Max tezlikda kamida to‘rt soat uchish mumkin», — dedi Manturov.
Tovushdan tez uchadigan biznes-jetni yaratish bo‘yicha tadqiqot ishlari Rossiyada 2017 yildan buyon davom etmoqda. 2019 yilda Manturov bu ishlar 1,4 milliard rublga tushganini aytgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

«Sputnik V» vaksinasining namunalari O‘zbekistonga olib kelindi

Putin koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan qizining ahvoli haqida ma’lumot berdi

Rossiyaning koronavirusga qarshi vaksinasi qachon chetga sotilishi ma’lum bo‘ldi

«Medvedevning xotiniga tegishli samolyot» Rossiyada xalqaro parvozlarga qo‘yilgan taqiqqa qaramasdan xorijga uchdi

Putin va Medvedev 2018 yilda qancha daromad olgani ma’lum bo‘ldi

AQSh «Kreml hisoboti»ni e’lon qildi. Ro‘yxatda Usmonov va Abramovich ham bor