Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varankning ta’kidlashicha, Oyga missiyani ikki bosqichda amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Birinchi bosqichda 2023 yilda Turkiya Oyga kemani yetkazadi, 2028 yilga esa ikkinchi bosqichning amalga oshirilishi belgilangan.
“Loyihaning birinchi bosqichi doirasida Oyga qattiq qo‘nishni amalga oshiramiz. Biz birinchi parvozni xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda amalga oshiramiz. Biroq koinot qurilmamiz Oyga o‘zimizning noyob milliy raketamiz yordamida yetkaziladi”, deb ta’kidlab o‘tgan Varank.
Uning ta’kidlashicha, Turkiya koinot dasturi mamlakatni “koinot sohasidagi oliy ligaga” olib chiqishga qaratilgan. Vazir Turkiyada Oyga missiyaning muhim tashkil etuvchisi bo‘lgan gibrid dvigatellar texnologiyasi ishlab chiqilganini qo‘shimcha qilgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 9 fevralda milliy koinot dasturini taqdim etgandi. U o‘shanda Turkiyaning Oyga kema yuborish rejasi haqida ilk bor so‘z ochgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Yaponiyalik milliarder Oyga safar uchun ayol hamroh qidirayotganini e’lon qildi

Insonning oyga birinchi qadam qo‘yishi qanday kechgan edi?

Xitoy Oyga odam qo‘ndirish imkoniyatini o‘rganmoqda

Yetib keldik: AQSh Oyni o‘zining mulki deb e’lon qildi

Turkiyada favqulodda holat tartibi yana uch oyga uzaytirildi

Xitoy Oyga 4 kishini etkaza oladigan fazo kemasini ishlab chiqarmoqda