Ijtimoiy tarmoqlarda amerikalik aktrisa Kim Kardashyan sartarosh oldida uxlab qolishi aks etgan surat paydo bo‘ldi. Yulduzning stilisti Kris Epplton suratni Instagram’dagi sahifasida joylashtirdi. Suratda kresloda uxlab qolgan Kardashyan tasvirlangan.
[media=https://www.instagram.com/p/CL4nQM2BaFn/?utm_source=ig_embed]
“Kim, men seni sevaman”, - deb yozgan stilist surat ostida.
Surat tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ayni paytda foydalanuvchilar turli mazmundagi izohlarni qoldirishmoqda, suratga ko‘plab memlar tayyorlandi.
Yulduzning o‘zi ham surat haqida bilib qoldi. U janjal ko‘tarish o‘rniga, umumiy fleshmobga qo‘shildi va o‘z akkauntiga suratni joylashtirdi.
Ayni paytda surat 170 mingdan ortiq layk to‘plagan.
Eslatib o‘tamiz, fevralda Kim Kardashyan turmush o‘rtog‘i xonanda Kane Uest bilan ajrashishga ariza topshirgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Er-xotin mulkiy nizolarni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishish yo‘lida katta yutuqlarga erishgan.
Kim Kardashyan va Kane Uest 2014 yilda turmush qurishgan. Juftlikning to‘rt nafar farzandi bor. Kane Uest Kardashyanning uchinchi turmush o‘rtog‘i hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi