Foto: «Zen.yandex.ru»
Freedom House hisobotiga ko‘ra, so‘nggi 15 yil ichida dunyoda global erkinlik darajasi pasayib bormoqda. Shu jumladan, COVID-19 pandemiyasi ham davlatlarda demokratiya pasayishining kuchayishiga xizmat qildi.
Hozirda 54 mamlakat «erkin emas», bu dunyo aholisining 38 foizini tashkil etadi. Ushbu miqdor 2006 yilda global erkinlikning pasayishi boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Ta’kidlanishicha, dunyodagi antidemokratik rahbarlar pandemiyani siyosiy muxolifatni zaiflashtirish va hokimiyatni mustahkamlash uchun vosita sifatida ishlatgan.
O‘z hukumatlarining pandemiya bilan bog‘liq harakatlariga e’tiroz bildirganlarning aksariyati ta’qiblarga uchragan.
Ta’kidlanishicha, karantin ba’zida haddan tashqari ko‘p va ko‘p hollarda shafqatsizlik bilan birga kechgan. Ushbu jihatdan 2020 eng ko‘p diktatura tizimi ishlatilgan davlat sifatida XXR ta’kidlangan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi aniqlangan ilk kunlarda Xitoy aholisi orasida so‘z erkinligini cheklab qo‘ygani hamda uyg‘urlarga qarshi kuch ishlatish holatlari tufayli dunyo davlatlari orasida peshqadam bo‘lib olgan.
Hozirda dunyo aholisining 20 foizdan kamrog‘i «erkin» mamlakatlarda yashaydi.
Shunday qilib, hisobotda tahlil qilingan 195 ta mustaqil mamlakatdan 73 tasida jami pasayish kuzatilgan va atigi 28 tasi demokratik erkinlik yaxshilangani kuzatilgan. Bu 15 yillik davrdagi eng katta miqdordagi ko‘rsatkichni anglatadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi