Foto: «US Navy / Reuters»
Qo‘shma Shtatlar Xitoyga qo‘shni orollarga raketalarni joylashtirishni rejalashtirmoqda. Yaponiyaning «Nikkey» gazetasi yozishicha, kelgusi olti yil ichida Amerika hukumati buning uchun 27,3 milliard dollar ajratishga tayyor.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH qurolli kuchlarining Hind-Tinch okeani qo‘mondonligi AQSH Kongressiga so‘rov yuborgan. Taxminlarga ko‘ra, yuqori aniqlikdagi raketalar tarmog‘i Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlarida joylashgan orollarga o‘rnatiladi. Harbiylar tomonidan o‘ylab topilgan bunday qadam Xitoyni mintaqada ushlab turishga yordam beradi.
Ma’lum qilinishicha, harbiylar «Yer — kema» sinfiga mansub raketalarini taxminan 200 kilometr masofaga boshqaruvchisiz avtomobilllarga joylashtirish hamda ularni orollar bo‘ylab tarqatishni taklif qilmoqda. Bu ushbu tizimlarning harakatchanligini oshiradi va Xitoy tomonidan hujum uyushtirilgan taqdirda ularni yo‘q qilishdan saqlaydi.
Sharqiy Xitoy va Janubiy Xitoy dengizlarida Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy tomonidan amalga oshirilgan harbiy manevrlar ko‘pincha ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning ziddiyatli o‘chog‘iga aylanadi.
2020 yil noyabr oyida amerikalik siyosatshunos Kristofer Leyn hatto Vashington va Pekin qurolli qarama-qarshilikka borayotgani haqida ogohlantirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Saudiyadagi sammitda Isroil va Hamas o‘rtasida muzokaralarni tiklashga harakat qilinmoqda
Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi