1 626
«Twitter»dagi ilk tvit sotuvga qo‘yildi — hozircha ilk xaridor million dollar taklif qilmoqda
Foto: «Zerkalo.az»
«Twitter» ijtimoiy tarmog‘i asoschilaridan biri va bosh direktori Jek Dorsi platformada joylangan ilk tvitni kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Savdo «Valuables» onlayn-auksionida ketmoqda.
Bu tvitni Dorsining o‘zi 2006 yilning 21 mart kuni yozgan: «just setting up my twttr» («shunchaki o‘z tvitterimni sozlayapman»).
Shunchaki to‘rt-besh so‘z bugun durdona asardan-da qimmat — kimdir tvitni sotib olish uchun million dollar taklif qilibdi.
Tvit savdosi o‘tgan yilning 15 dekabrida bir dollardan boshlangandi. 6 martgacha eng yuqori taklif 3,5 ming dollargacha chiqdi. Dorsi kimoshdi ketayotganini o‘z sahifasida shipshitganidan keyin esa hammasi tezlashib va o‘zgarib ketdi.
«Valuables» tushuntirishicha, xaridor tvit egasining imzosi qo‘yilgan raqamli sertifikatni qo‘lga kiritadi, tvitning o‘zi esa joyida qoladi. Raqamli sertifikatga tvit joylangan sana va vaqt, matni, muallif kriptohamyonining raqamli imzosi kiritiladi, unga egalik huquqi esa blokcheynda mustahkamlab qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi