620
«Twitter»dagi ilk tvit sotuvga qo‘yildi — hozircha ilk xaridor million dollar taklif qilmoqda

Foto: «Zerkalo.az»
«Twitter» ijtimoiy tarmog‘i asoschilaridan biri va bosh direktori Jek Dorsi platformada joylangan ilk tvitni kimoshdi savdosiga qo‘ydi. Savdo «Valuables» onlayn-auksionida ketmoqda.
Bu tvitni Dorsining o‘zi 2006 yilning 21 mart kuni yozgan: «just setting up my twttr» («shunchaki o‘z tvitterimni sozlayapman»).
![]()
Shunchaki to‘rt-besh so‘z bugun durdona asardan-da qimmat — kimdir tvitni sotib olish uchun million dollar taklif qilibdi.
Tvit savdosi o‘tgan yilning 15 dekabrida bir dollardan boshlangandi. 6 martgacha eng yuqori taklif 3,5 ming dollargacha chiqdi. Dorsi kimoshdi ketayotganini o‘z sahifasida shipshitganidan keyin esa hammasi tezlashib va o‘zgarib ketdi.
«Valuables» tushuntirishicha, xaridor tvit egasining imzosi qo‘yilgan raqamli sertifikatni qo‘lga kiritadi, tvitning o‘zi esa joyida qoladi. Raqamli sertifikatga tvit joylangan sana va vaqt, matni, muallif kriptohamyonining raqamli imzosi kiritiladi, unga egalik huquqi esa blokcheynda mustahkamlab qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Trampga o‘xshash odam haqidagi 10 soniyali klip 6,6 million dollarga sotildi (video)

Ilon Mask Rossiya prezidentini muloqot qilishga taklif etdi

Britaniyalik fermer odamlarga echkilar bilan Zoom’da muloqot qilishni taklif qilmoqda

Yaponiyada ijtimoiy masofalashuvning yangi chorasi taklif qilinmoqda

Nyu-Yorklik santexnikachi lotereyada 136 mln dollar yutib oldi

Rossiyada dollar va evro 2015 yilning birinchi savdo kunidayoq 5 rublga qimmatlashib ketdi