Foto: «The Intependent»
«The Intependent» xabariga ko‘ra, Buyuk Britaniyada har yili yuzlab kichik yoshdagi qizlar majburan turmushga berilmoqda.
Milliy statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda 183 kishi ota-onasining istaklari bilan turmushga uzatilgan. Ularning 140 nafarini voyaga yetmagan qizlar tashkil etadi. 2006 yildan 2016 yilgacha Angliya va Uelsda voyaga yetmaganlar ishtirokida 3,3 mingga yaqin nikoh tuzildi, ularning aksariyati qizlar.
Ushbu muammo ustida ish olib borayotgan xayriya tashkilotlari ma’lumotiga ko‘ra, Britaniya qonunlari ularni yetarli darajada himoya qilmagani bois shunday holat kuzatilmoqda. Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda bu ko‘pincha muammo sifatida ko‘rilayotgan bir paytda, Britaniyada voyaga yetmagan qizlarni turmushga berish avj olmoqda.
Ko‘pincha bu diniy nikoh niqobi ostida sodir bo‘ladi va ro‘yxatdan o‘tkazilmasligi sabab ularning aniq sonini aytish qiyin. Bundan tashqari, Buyuk Britaniyada 16-17 yoshli qizlarni «ota-onalari ruxsati bilan» turmushga berish qonun bilan ruxsat etiladi. Lekin huquq himoyachilari ota-onalar farzandlarini ko‘p hollarda majburan turmushga beradi, deb ta’kidlashmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”