Foto: Twitter
AQSHda 12 yoshli qiz Arizona shtati universitetining talabasi bo‘ldi. Bu haqda Tengrinews'ga tayanib "Daryo" xabar berdi.
2021 yilda Alena Uiker uy ta’limida barcha standard darslarni o‘tib, o‘rta makatabni tugatdi va Arizona shtati universitetiga hujjatlarni topshirdi. Alena shu yozda universitet darslariga qatnashishni boshlamoqchi, universitetni bitirgandan keyin National Aeronautics and Space Administration’da (NASA) olim bo‘lishni rejalashtirmoqda.
«Men erishishni istagan maqsadim bor edi. Men har doim muhandis bo‘lishni orzu qilardim, chunki har doim qurishni yaxshi ko‘rganman», — dedi Alena.
Xabar berilishicha, Alena Uiker astronomiya, planetologiya va kimyo bo‘yicha ikkita ixtisosga ega bo‘ladi. U 16 yoshida universitetni tamomlagach, NASA’ga bormoqchi. U Perseverance missiyasi bilan Marsga yuborilgan transportga o‘xshash texnika yaratish niyatida. Alenaning konstruksiyalarga qiziqishi bolaligidagi Lego o‘yinchoqlaridan boshlangan.
«U to‘rt yoshida NASA’da ishlamoqchi ekanini va yulduzlarni ko‘rsatib, osmonga uchmoqchi ekanini aytardi. Uning raqamlar, Lego va fan uchun qobiliyati bor edi, shuning uchun men uni rivojlantirishni boshladim», — dedi qizchaning onasi Dafna MakKuarter.
«Kollejni bitirgunimcha men o‘sha kosmik transportlarning birini o‘zim boshqaraman. Yoshingiz nechada bo‘lishidan qat’i nazar, orzu qiling va uni ro‘yobga chiqaring», — dedi qiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin