2 457
Sergey Shoygu: «Rossiya Qozog‘istonni o‘ziga qo‘shib olmoqchi ekani haqidagi mish-mishlar — xomxayol»
Foto: Global Look Press
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Rossiya Qozog‘istonni o‘ziga qo‘shib olmoqchi ekani haqidagi fikrlarni xomxayol (fantaziya) deb atadi. Bu haqda u Qozog‘istonning Tengrinews nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi «RBK».
«Keling, bunday xayollarning barchasidan yerga tushaylik! Biz azaldan birodarlik munosabatlariga egamiz. Bizda o‘zaro nimanidir bo‘lishish uchun mutlaqo hech qanday sabab yo‘q», — dedi Shoygu.
U jurnalistning ba’zilar «Rossiya Qozog‘istonni o‘ziga qo‘shib olishni qat’iy niyat qilgan, deb o‘ylaydi» degan gapiga shu tarzda javob qaytardi.
Mudofaa vazirligi rahbari 1998 yilda Rossiya va Qozog‘iston chegaralarni to‘liq demarkatsiya qilishni amalga oshirganini va keyinchalik chegara to‘g‘risidagi bitimni imzolaganini qo‘shimcha qildi.
2020 yilning yozida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Nur-Sulton Moskva va Minsk bilan faol hamkorlik qilayotganini, ammo Qozog‘iston Rossiya—Belarus ittifoqiga qo‘shilish niyatida emasligini aytgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi