
Gibraltar o‘z aholisini koronavirusga qarshi vaksina bilan emlab bo‘ldi. Shu tariqa mazkur mamlakat to‘liq vaksinatsiyani amalga oshirgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi.
Bu haqda "Reuters" axborot agentligi Buyuk Britaniyaning Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Mett Xenkokka asoslanib xabar bermoqda.
"Biz Gibraltarni, barcha hududlarimiz singari, vaksinalar bilan ta’minlaymiz. Kecha Gibraltar tegishli yosh toifasi uchun emlash dasturini yakunlagan dunyodagi birinchi mamlakat bo‘lganligi to‘g‘risida parlamentga xabar beriyotganimdan mamnunman", deydi Xenkok
Gibraltar aholisi taxminan 34 ming kishini tashkil qiladi. Bu yerda yashovchi chet elliklar ham emlash dasturidan foydalanish huquqiga ega.
Buyuk Britaniya koronavirusga qarshi emlash bo‘yicha Yevropada yetakchilik qilmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 25 million kishi vaksina olib bo‘lgan.
Buyuk Britaniya emlashlar yanvar oyi boshida boshlandi. Yevropa Ittifoqida vaksinatsiya kampaniyasiga 2020 yilning 27 dekabrida start berilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar