Foto: «VVC»
Pokistonda ayolni farzandlarining ko‘z o‘ngida zo‘rlagan ikki erkak o‘limga mahkum etildi. Sud ularni zo‘rlash, odam o‘g‘irlash, talonchilik va terrorizmda aybladi, deya xabar bermoqda VVC.
Jinoyat o‘tgan yilning sentabr oyida sodir etilgan. Ayol ikki farzandi bilan mamlakat shimoli-sharqidagi Laxor shahriga kechga yaqin yo‘l olgan, ammo mashinasida benzin tugab qolgan. U qarindoshlari bilan bog‘lanish va evakuator chaqirish uchun yo‘l chetida to‘xtagan. Shunda ikki erkak mashinasiga bostirib kirib, uni zo‘rlashgan va talonchilik qilishgan.
Voqeadan so‘ng shu zahoti politsiya aybni qisman jabrlanuvchiga yuklashga urinishgan. Ularning fikricha, jabrlanuvchining o‘zi tunda kimsasiz yo‘lda ketgan, yonilg‘i darajasini tekshirmagan.
Politsiyaning munosabati keng jamoatchilikning noroziligiga sabab bo‘ldi, minglab odamlar jabrlanuvchini ayblash taktikasidan voz kechishni va qonunchilikni ayollarni yaxshiroq himoya qilishi uchun o‘zgartirishlarini talab qilib, ko‘chalarga chiqdilar.
Rasmiylar ularga quloq solishdi va Pokiston dekabr oyida yangi qonunlarni qabul qildi. Unga ko‘ra zo‘rlash ishlarini tezroq ko‘rib chiqish va jazolarning qat’iyligi ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi