Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya davlat rahbari Vladimir Putinni 22—23 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan va 40 nafar dunyo yetakchisi ishtirok etadigan iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan onlayn-formatdagi uchrashuvga taklif qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Bayden jurnalistlar bilan suhbatda iqlim o‘zgarishlari muhokama qilinadigan navbatdagi sammitga taklif qilinganlar qatorida Rossiy prezidenti va Xitoy rahbari ham borligini ma’lum qilgan. AQSH prezidenti ularning ushbu taklifdan xabardorligi, biroq bu borada ikki davlat rahbarlari bilan shaxsan suhbatlashmaganini aytgan.
Oq uy e’lon qilgan ro‘yxatga ko‘ra, sammitga Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Hindiston, Turkiya va Yaponiya davlatlarining rahbarlari taklif etilgan.
Vashington onlayn translyatsiya qilinadigan sammitda iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha jahon hamjamiyatini qiynayotgan, tezkor ravishda hal etilishi taqozo qilinadigan muammolar, iqtisodiy tarafdan foyda keltirishi mumkin bo‘lgan tashabbuslar muhokama qilinishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Yaponlarni dunyodagi eng uzoq umr ko‘ruvchi millatga aylantirayotgan foydali odatlar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi