
Iordaniya Hoshimiylar qirolligida sobiq valiahd shahzoda Hamza bin Husayn ishtirok etgan davlat to‘ntarishiga urinish yo‘qqa chiqarildi. Bu haqda «The Washington Post» xabar berdi.
Hodisa 3 apreldan 4 aprelga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.
Bundan tashqari, Iordaniya poytaxti Ammonda qirol oilasi a’zosi sherif Hasan bin Zayd va sobiq moliya vaziri Bassam Avadalloh (qirol Abdulla II ning sobiq maslahatchisi) va bir nechta yuqori martabali zobitlar hibsga olingan.
Sobiq valiahd shahzoda Hamza bin Husayn uy qamog‘iga olinganini ma’lum qilgan.
AQSH mazkur voqealar tezkorlik bilan reaksiya bildirib, Iordaniyaning amaldagi hukumatini qo‘llashini bildirgan. Davlat departamenti vakili Ned Praysga ko‘ra, qirol Abdulla II «Shtatlarning muhim sherigi» sanaladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar