Chexiyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Chexiyada poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
Foto: «ACTU.cz/aktu.media»
Chexiya Respublikasining Teplitsa shahri yaqinida ikkita yuk poyezdi to‘qnashib, bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 4 aprel kuni TN.nova telekanali xabar berdi.

To‘qnashuvdan so‘ng lokomotivlardan biri yonib ketgan. Yong‘inni o‘chirishga to‘qqizta yong‘in brigadasi jalb qilingan.
Shuningdek, bir kishi jabrlangani ma’lum, u vertolyotda shifoxonaga yetkazilgan.

Voqea joyida huquq-tartibot idoralari xodimlari shug‘ullanmoqda. Hodisa temir yo‘l inspeksiyasi tomonidan tekshirilmoqda.
Temir yo‘llarning bosh inspektori Yan Kucheraning so‘zlariga ko‘ra, poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida temir yo‘lga zarar yetgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar