21:44 / 12.04.2021
2 562

Ovqatlanishga borgan Rianna restorandagi muxlisiga syurpriz uyushtirib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi (video)

Ovqatlanishga borgan Rianna restorandagi muxlisiga syurpriz uyushtirib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi (video)
Foto: Instagram / @aupharee
Nini ismli foydalanuvchi Rianna uning do‘sti Samira Yasmin Abdullani tug‘ilgan kunida qanday tabriklagani haqida aytib bergan video TikTok’da mashhurlikka erishdi.

Foydalanuvchining aytishicha, do‘stlar tug‘ilgan kunni nishonlash uchun Nyu-Yorkdagi restoranga borgan. U yerda xonanda ham ovqatlanayotgan bo‘lgan. Qo‘shiqchining oldiga borgan Nini undan hamma bilan birga suratga tushishni va dugonasini tug‘ilgan kuni bilan tabriklashini so‘ragan. Rianna syurpriz qilish uchun Niniga tug‘ilgan kuni bo‘layotgan qizga suratga tushishdan bosh tortganini aytishini, keyinroq esa o‘zi borib tabriklashini aytgan.

Ofitsiant tort olib kelishi bilanoq Rianna Abdullaning stoli yoniga kelib, u uchun «Happy birthday» qo‘shig‘ini kuylagan. Boshi osmonga yetgan mehmon va tashrif buyuruvchilarning kechasi yulduz bilan birga suratga tushish bilan yakunlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ovqatlanishga borgan Rianna restorandagi muxlisiga syurpriz uyushtirib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi (video)