AQSH prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga telefon qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, qo‘ng‘iroq Baydenning tashabbusi bilan amalga oshirilgan. Oq uyga ko‘ra, Bayden saylovlarga aralashish va kiberhujumlar uchun kerakli javob berilishini Putinga yana bir bor tushuntirgan. Tomonlar harbiylar ustidan nazorat va boshqa xavfsizlik masalalarini ham muhokama qilgan.
Bayden Putinga yaqin uch oy ichida neytral mamlakatda o‘zaro uchrashishni taklif qilgan. Shuningdek, AQSH prezidenti Rossiyaning Qrim hamda Ukraina chegarasidagi favqulodda faollashuvidan xavotirda ekanini bildirgan va Ukrainaning suverinetini to‘liq qo‘llab-quvvatlashini aytgan. Oq uyga ko‘ra, prezidentlarning uchrashuvida ikki tomonlama munosabatlar to‘liq ko‘rib chiqilishi mumkin.
Oldinroq Bayden Putinni qotil deb hisoblashini aytgan va Putin bunga javoban hamkasbini jonli efirda bahslashishga taklif qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?