2 827
Tesla haydovchisi soatiga 160 kilometr tezlikda uylardan biriga borib urilib, omon qoldi
Foto: Local 10
Florida shtatining Miramar shahrida soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlangan Tesla Model S bir nechta daraxt, avtoturargohdagi ikkita avtomobil va yo‘l chetidagi uylardan biriga borib urildi, deb xabar berdi Motor'ga tayanib "Daryo".
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa Miramar shahridagi 65-avenyuda tonggi soat 04:00 da sodir bo‘lgan. Qora Tesla Model S shu qadar tez harakatlanganidan domofon videokamerasidagi tasvir chaqnoq kabi ko‘ringan — mahalliy politsiyaning ta’kidlashicha, avariya vaqtida elektrokar soatiga 160 kilometr tezlikda harakatlangan.
Mashina uyga borib urilguniga qadar yo‘lda bir nechta daraxt va avtoturargohdagi avtomobillarga shikast yetkazgan, Mazda 3’ni tom ma’noda pachaqlab ketib, ortida RAM pikapiga ham urilgan. Yapon sedani qayta tiklanishga yaroqsiz holga kelib qolgan, pikapning esa biroz omadi kelgan.
Uyga qattiq zarar yetganidan u yerda yashaydiganlar hozirda ichkariga kiritilmayapti — maxsus ekspertlar komissiyasi binoni tekshirib, tegishli xulosa berishi zarur. Qiziq jihati, elektromobil haydovchisi omon qolgan va u shifoxonaga yetazilgan — hushsiz holatda. Yo‘l-transport hodisasiga aynan nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi