19:34 / 22.04.2021
3 148

Lukashenko "Katta og‘a" bilan uchrashish uchun Moskvaga yo‘l oldi


Foto: Andrey Stasevich/BelTA/TASS
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga uchib ketdi. Bu haqda "BelTA" agentligi xabar berdi.

Belarus prezidenti matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari muzokarasining asosiy mavzusi ittifoq borasida bo‘ladi.

Shuningdek, Lukashenko va Putin Belarus-Rossiya munosabatlarini, savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qiladi. Bundan tashqari, koronavirusga qarshi kurashish va transport qatnovini to‘laqonli tiklash mavzusida suhbatlashish rejalashtirilgan.

Lukashenko va Putin xalqaro mavzular, mintaqadagi vaziyatni ham muhokama qiladi.
Rossiya va Belarus rahbarlarining oxirgi uchrashuvi 22 fevralda Sochida bo‘lib o‘tgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko "Katta og‘a" bilan uchrashish uchun Moskvaga yo‘l oldi