Qirg‘izistonda seleksiya yo‘li bilan qo‘yning yangi zoti yaratildi va ro‘yxatga olindi. Katta qo‘yning vazni 180 kilogrammga yetadi. Bu haqda Qishloq, suv xo‘jaligi va mintaqaviy rivojlanish vaziri Asqarbek Janibekov Sputnik Qirg‘iziston multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 15 aprel kuni yangi qo‘y zoti "Arashan" nomi bilan ro‘yxatga olindi. 1997 yildan buyon seleksionerlar ish olib borishdi.
"Mahsuldorlik ko‘rsatkichlari juda yuqori. 6-7 oyda qo‘zilarning vazni 55-60, bir yoshda 75-80, katta qo‘chqorlar 175-180 kilogrammga yetadi. Bu fermerlarimiz uchun qo‘ychilikdan daromadni oshirish uchun yaxshi imkoniyat", - dedi vazir.
Vazir zotga ichki va tashqi bozorda talab katta ekanligini ta’kidladi. Hozir jami 5 850 bosh "toza zot" mavjud, ularning soni kamligi sababli narx yuqori.
"To‘rt besh oylik qo‘zichoqning narxi ming dollarni tashkil etadi. Narxi 50 ming dollarga yetadigan qo‘chqorlar ham bor. O‘rtacha nasldor qo‘chqor - 10 mingdan va undan ortiq. Qozog‘iston va Rossiyadan buyurtmalar ko‘p. Allaqachon bu zotli qo‘ylar sotilmoqda", dedi Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Sirskiy Rossiya Donetsk oblastida taktik yutuqlarga erishayotgani haqida gapirdi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Frontdagi vaziyat: RF armiyasi Donetsk oblastida mudofaani yorib o‘tdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontda vaziyat keskin, Rossiya taktik muvaffaqiyatga erishdi”
Xitoyda tornado besh kishining umriga zomin bo‘ldi (video)
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fransiya Germaniyani Yevropa mudofaasini birgalikda kuchaytirishga chaqirdi