2 050
Koronavirus pandemiyasiga qarshi eng samarali kurash olib borayotgan davlatlar reytingi tuzildi
Foto: Google Images
Bloomberg agentligining koronavirus pandemiyasiga qarshi eng samarali kurash olib borayotgan mamlakatlar reytingida Singapur yetakchilik qilmoqda, deb xabar berdi Meduza.
Bu reyting 2020 yilning noyabr oyida tuzilgan bo‘lib, har oyda yangilanib boradi. Reyting qaysi mamlakatlar eng kam ijtimoiy va iqtisodiy asoratlar bilan pandemiyaga qarshi samarali kurashayotganini ko‘rsatadi.
Reytingdan iqtisodiyot hajmi bo‘yicha dunyodagi eng yirik 53 ta mamlakat joy olgan. Bloomberg ulardagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni 10 ta parametr bo‘yicha tahlil qiladi, bu parametrlar kasallanish va o‘lim darajasi, testlar va vaksinatsiya surati, shuningdek, harakatlanish erkinligini o‘z ichiga oladi.
Bloomberg’s Covid Resilience Ranking - Singapore Tops Rankinghttps://t.co/qyof3UZAhG pic.twitter.com/fjSBvqS5Jf
— Learn from Data (@learn_from_data) April 27, 2021
2021 yilning aprel oyida Singapur mamlakatda vaksinatsiya sur’atining tezligi sababli reytingda Yangi Zelandiyani ortda qoldirib, birinchi o‘rinni egalladi.
Yangi Zelandiya esa ikkinchi pog‘onaga tushib qoldi. Shuningdek, Avstraliya uchinchi, Isroil to‘rtinchi, Tayvan beshinchi o‘rinni band etdi. Reytingning oxirgi uch pog‘onasini Argentina, Polsha va Braziliya egalladi.
Ma’lumot uchun, Isroilda oxirgi ikkita koronavirusdan davolanish bo‘limi ham yopildi, bemorlar esa davolanish uchun statsionar bo‘limlarga o‘tkazildi. Mamlakatda koronavirusga chalinganlarni davolovchi bo‘limlar bir necha hafta oldin yopila boshlagan edi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Zargarlik do‘konidan 49 mln so‘mlik tilla buyumlarni o‘g‘irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi