Foto: Tengrinews
Qozog‘istonning Uralsk shahrida joylashgan madaniyat va istirohat bog‘idagi attraksionda sakkiz nafar bola jarohatlandi, deb yozmoqda Tengrinews.
Attraksionning keskin to‘xtashi natijasida besh yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan sakkiz nafar bola yiqilib tushdi. Ijtimoiy tarmoqlarda hodisaning videosi keng tarqalmoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ishlayotgan paytida karusel keskin to‘xtagan. Uskuna aylanmay qolgan va bolalar attraksiondan yerga yiqilgan.
«Barchasi ko‘z oldimda sodir bo‘ldi. Bu qo‘rqinchli filmdan bir sahna edi. Bechora bolalar. Darhol yetib kelib arg‘imchoqni tuta boshlagan yigitlarga katta rahmat», — dedi Uralsk fuqarolaridan biri.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining matbuot xizmati tez tibbiy yordam bo‘limiga istirohat bog‘idagi hodisa to‘g‘risida soat 19:36 da qo‘ng‘iroq kelib tushganini ma’lum qildi. Jarohatlanganlar viloyat bolalar shifoxonasiga yetkazildi.
Keyinroq Uralsk politsiya departamenti ushbu hodisa bo‘yicha Jinoyat kodeksining 306-modda 2-qismi bilan («Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni ishlab chiqarish yoki sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish») sudgacha bo‘lgan tergov-surishtiruv ishlari boshlangani haqida xabar berdi.
Ma’lumot uchun, ikki yil oldin Uralsk istirohat bog‘idagi «Charxpalak» attraksioni to‘xtab qolgan edi. Attraksionda qolib ketgan odamlarni qutqaruvchilar yordamida ko‘p metrli balandlikdan olib tushishga to‘g‘ri kelgan. Hodisadan keyin attraksion demontaj qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi