13:03 / 06.05.2021
2 291

Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi


Foto: La Sentinella
Yevropada politsiya Italiya hamda Germaniyada o‘tkazilgan keng miqyosli operatsiyalardan keyin 31 nafar mafiya a’zosini hibsga oldi. Bu haqda Yevropa ittifoqining «Yevropol» politsiya xizmati xabar tarqatgan.

Taxminlarga ko‘ra qo‘lga olinganlar Italiya hamda boshqa mamlakatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi Kalabriya mafiyasining «Ndrangeta» guruhi vakillari hisoblanadi. Guruhning giyohvand moddalar xalqaro kontrabandasi va pul yuvish operatsiyalarida ishtirok etgani gumon qilinmoqda.

Hibsga olinganlarning 2018 yildagi «Pollino» operatsiyasi vaqtida Italiya va Germaniyada ushlangan 84 nafar gumonlanuvchi ishiga aloqadorligi aytilmoqda.

«Operatsiya davomida bir necha ming yevro pullar, qurollar, kokain, qimmatbaho mashinalar va taqinchoqlar musodara qilindi. Musodara etilgan pullarni baholash ishlari davom etmoqda, bankdagi hisob raqamlari muzlatib qo‘yilgan», — deyiladi Yevropol xabarida.

Avval yetti yil davomida huquq-tartibot idoralarining vakillaridan yashirinib yurgan italiyalik mafiya yetakchilaridan biri Mark Feren Klod Biarning YouTube’dagi «kulinariya» blogi orqali topilgani xabar qilingandi. Italiya hukumati 2014 yilda mamlakat janubidagi «Ndrangeta» mafiya guruhi bilan birgalikda noqonuniy kokain savdosini olib borgan Biarni hibsga olish haqida order bergan. U mamlakatdan qochib ketgan va 7 yildan buyon politsiyadan yashirinib yurgan.

Yanvar oyida Italiyaning Lametsiya-Terme shahrida Ndrangeta mafiyasi a’zolarining so‘nggi 30 yil ichidagi eng yirik sud jarayoni boshlangan. Fevralda Italiya huquq-tartibot xodimlari tomonidan o‘tkazilgan ikkita maxsus operatsiya davomida mamlakatdagi eng qudratli «Ndrangeta» mafiyasining jami 45 nafar a’zosi hibsga olingan. Mart oyida esa Ispaniyada «Ndrangeta» mafiyasi yetakchilaridan biri, giyohvand moddalar savdosini olib borgan Juzeppe Romeo qo‘lgan tushirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yevropada 31 nafar mafiya a’zosi hibsga olindi