Foto: Twitter/TRTWorldNow
The Times of Israel nashrining xabar berishicha, «Burj-Xanadi» deb nomlanuvchi bino ma’muri zarba berilishidan oldin telefon orqali bu haqda ogohlantirilgan. Shundan keyin binodagi odamlar va yaqin atrofdagi aholi o‘z uylarini tark etgan.
Ta’kidlanishicha, Isroil harbiy aviatsiyasi dastlab bino tomiga kichikroq raketa bilan ogohlantiruvchi zarba bergan. Ushbu raketa binoga jiddiy talafot yetkazmagan. Biroq bir necha soniyadan keyin binoga kuchliroq raketa bilan zarba berilgan va shundan keyin u qulab tushgan.
Hozircha Isroil armiyasi nima uchun binoni nishonga olgani sababi noma’lum. Ijtimoiy tarmoqlarda uyning zarbaga tutilishi videosi e’lon qilindi. Unda binoga ikkinchi raketa tegishi bilan u qulab tushganini ko‘rish mumkin. Hujum oqibatida jabrlanganlar borligi haqida ma’lum qilinmagan.
Ayni vaqtda Isroil va HAMAS bir-biriga zarbalar berishni davom ettirmoqda. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning zarbalari oqibatida 28 nafar falastinlik, jumladan, 10 bola halok bo‘lgan. O‘z navbatida, Isroil hududining G‘azo sektoridan o‘qqa tutilishi oqibatida 2 ayol halok bo‘lgan, o‘nlab isroilliklar jarohat olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi