18:00 / 13.05.2021
2 239

Janubiy Koreyada sevishganlar bir-biriga Tesla va boshqa kompaniyalar aksiyalarini sovg‘a qilishmoqda


Janubiy Koreyada sevishganlar bir-biriga romantik sovg‘alar o‘rniga Tesla, Apple va Starbucks’ning qimmatli qog‘ozlarini sovg‘a qilishni boshladi, deb yozadi Esquire.

2020 yilning 24 dekabridan boshlab foydalanuvchilar KakaoTalk messenjerining KakaoGift do‘koniga joylashtirilgan Shinhan Investment investitsiya kompaniyasining qimmatli qog‘ozlarini xarid qilishlari mumkin. Dasturdagi eng ommabop aksiyalar Tesla kompaniyasiga tegishli bo‘lib, uning narxi 26 dollardan boshlanadi. Foydalanuvchilar, shuningdek, tez-tez Apple, Starbucks hamda Netflix qog‘ozlarini xarid qilmoqda.

Sovg‘a qilingan aksiyani olish uchun brokerlik hisobini ochish va sovg‘a kartasining kodini ro‘yxatdan o‘tkazish zarur. Koreyaning Chosun Ilbo nashri ma’lumotlariga ko‘ra, dekabrdan buyon Shinhan Investment 20 mingdan ortiq sovg‘a kartalarini sotgan. Aksiyalarning aksariyatini 20-30 yosh oralig‘idagi foydalanuvchilar xarid qilgan.

Mart oxirida KakaoGift’ga, shuningdek, KB Securities investitsiya kompaniyasi ham aksiyalarini joylashtirgan bo‘lib, bir dona qimmatli qog‘oz narxi 8,9 dollarni tashkil etadi. Dastlabki 20 kun davomida kompaniya Amazon, MGM, Nike va boshqa brendlarning aksiyalari bor 3,4 milliondan ortiq sovg‘a kartalarini sotgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo