Isroilning «Temir gumbaz» mudofaa tizimi qanday ishlaydi?

1 daqiqa o'qish4.2K
Isroilning «Temir gumbaz» mudofaa tizimi qanday ishlaydi?
Foto: Reuters
Isroilning «Temir gumbaz» havo hujumidan mudofaa tizimi radar, nazorat markazi va dushman raketasini yo‘q qiluvchi qurilmadan iborat. U yaqinlashib kelayotgan raketaning yo‘nalishi va qayerni mo‘ljallaganini bir necha soniya ichida aniqlaydi. Bu haqda Deutsche Welle yozmoqda.

«Temir gumbaz»ning har bitta blokida raketalarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan, 20tagacha raketa otadigan uch-to‘rttadan qurilma mavjud. Ular dushman raketasi aholi maskani tomon harakatlangandagina ishga tushadi. Raketa dushman raketasiga kelib urilmaydi, balki uning yonida portlaydi va yo‘q qiladi.

Qurilmalarni mobil bloklar yordamida butun mamlakat bo‘ylab olib yurish mumkin – Isroil o‘nta ana shunday blokka ega. Ekspertlarning hisob-kitobiga ko‘ra, butun Isroilni himoya qilish uchun 13ta qurilma kerak bo‘ladi.

«Temir gumbaz»ning asosiy xususiyatlaridan biri uning yuqori tezligi hisoblanadi: shaharlarning G‘azo sektori chegarasidan joylashgan masofasiga qarab raketalarning nishonga yetib borishi 90 soniyadan oshmaydi.

Qayd etilishicha, «Temir gumbaz» o‘tgan o‘n yil davomida 2500tagacha raketani tutib qolgan.

Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra,har bir mudofaa raketasining otilishi mamlakat budjetiga 66 ming yevroga tushadi. Shu bois harbiylar faqat aholi maskanlariga xavf soladigan raketalarnigina urib tushiradi. AQSH «Temir gumbaz»ni ishlab chiqishni qisman moliyalashtirgan. Vashington o‘z ehtiyoji uchun ikkita ana shunday qurilma sotib olgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?