00:20 / 15.05.2021
2 490

AQSHda benzin rekord darajada qimmatlashdi


Foto: Reuters
AQSHda Colonial Pipeline quvur liniyasining to‘xtatib qo‘yilishi fonida benzin narxi 2014 yildan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi. Bu haqda notijorat Amerika avtomobil assotsiatsiyasi (AAA) saytida berilgan ma’lumotlarga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Xakerlar hujumi natijasida quvurlarning ishlashi to‘xtatib qo‘yilganidan keyin benzinning narxi o‘rtacha 7 sentga qimmatlashib, bir gallon ( 3,785 litr) benzin narxi 3,02 dollarni tashkil qildi. Bu 2014 yilning oktabr oyidan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. AAA mutaxassislari yaqin kelajakda narx o‘zgarishda davom etadi, degan fikrda.
«Ta’minot zanjiri normal holatga qaytishi uchun bir necha kun ketadi, ba’zi bozorlarda xizmat ko‘rsatishdagi uzilishlar kuzatilmoqda», — deyiladi AAA xabarida.

Bundan tashqari, kamida sakkizta shtatdagi quvurlarning qayta tiklanganiga qaramay, yoqilg‘i quyish shoxobchalarining ommaviy yopilishi yuzaga kelmoqda. Xususan, gap Vashington, Shimoliy Karolina, Virjiniya, Jorjiya, Merilend, Tennessi, Florida shtatlari haqida ketmoqda.

Ma’lumot uchun, AQSHdagi eng yirik yonilg‘i quvurlari operatori bo‘lgan Colonial Pipeline kompaniyasi xakerlik hujumiga uchradi. AQSH rasmiylari yoqilg‘i tanqisligi xavfi tufayli mintaqada favqulodda holat e’lon qildi. Mamlakatdagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida uzun navbatlar paydo bo‘lib, asabiylashgan haydovchilar o‘rtasida esa benzin uchun vaqti-vaqti bilan o‘zaro nizolar kelib chiqa boshladi.

Shundan keyin, kompaniya xakerlarga 5 mln dollar to‘lab, kiberhujumdan so‘ng quvur liniyasi faoliyati qayta tiklangani haqida xabar berildi. Bloomberg va The New York Times gazetalarining yozishicha, kompaniya quvur tizimini qayta tiklash uchun pul talab qilgan kiberhujumchilarga taxminan 75 bitkoin yoki 5 million dollar to‘lagan.

Colonial Pipeline quvur liniyasining uzunligi 8800 kilometrdan oshadi. AQSH Sharqiy sohiliga yetkaziladigan benzin, dizel yoqilg‘isi va boshqa neft mahsulotlarining 45 foizi shu quvur orqali o‘tadi. Kompaniyaga uyushtirilgan kiberhujum AQSHning bir qator shtatlarida benzinga talab ortishiga sabab bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda benzin rekord darajada qimmatlashdi