11:26 / 16.05.2021
1 469

Xitoy Falastinni Isroil bilan ixtilofda qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

Xitoy Falastinni Isroil bilan ixtilofda qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

Foto: Van I / LIU Weibing / XINHUA / Xinhua via AFP / EastNews
Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I pokistonlik hamkasbi Shoh Mahmud Qurayshiy bilan suhbatda Pekin Falastinni Isroil bilan ixtilofda qo‘llab-quvvatlashini aytdi.

«Xitoy kelgusida ham falastinliklarni ularning qonuniy huquqlarini tiklashda, joriy muammolarni siyosiy muloqot yo‘li bilan hal qilishni, BMT, Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik tashkilotini qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi», deb aytgan Van I suhbat chog‘ida.

Xitoy vakilining ta’kidlashicha, Pekin BMT Xavfsizlik kengashi Isroil — Falastin ixtilofi tomonlarini tinchlik bo‘yicha muloqotlarni «ikki davlat tuzish konsepsiyasi» asosida tiklashga chaqirishi kerak deb hisoblamoqda.
Shuningdek, Xitoy ixtilof bo‘yicha ikkita shoshilinch maslahatlashuv o‘tkazishni talab qilmoqda. Biroq BMT Xavfsizlik kengashi bu borada bir to‘xtamga kela olmayapti.

«Afsuski, Xavfsizlik kengashi hamon bir to‘xtamga kela olmayapti va AQSHning ixtilof borasida egallagan pozitsiyasi haqqoniylikka ziddir. Biz Xavfsizlik kengashining barcha a’zolarini o‘z majburiyatlarini bajarishga va Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jiddiy sa’y-harakatlar amalga oshirishga chaqiramiz», deb aytilgan Van I bayonotida.

O‘z navbatida, Pokiston tashqi ishlar vaziri ixtilofni muloqot va muzokaralar yo‘li bilan hal qilishda Falastin va Isroilga ko‘mak ko‘rsatilishini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

14 may kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ixtilof tomonlarini o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan. Xavfsizlik kengashi Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashgani sababli 16 may kuniga shoshilinch yig‘ilish o‘tkazishni belgilagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Falastinni Isroil bilan ixtilofda qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi