08:30 / 19.05.2021
4 554

«Shaytonlarning ko‘pini yo‘q qilganman, seni ham yo‘q qilishim mumkin» - Ramzan Qodirov


Foto: Google Images
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Instagram’da jonli efir olib borayotgan paytida tanqidli izoh qoldirgan tarmoq foydalanuvchisiga qo‘rqinchli tahdid qildi. Bloger Tumso Abdurahmonov bunga e’tibor qaratib, efirning shu qismini o‘zining Telegram kanaliga joylagan.

Qodirov Instagram’da 6,7 million obunachiga ega @ya_pomoshnik_kra_95 akkauntidan 17 may kuni jonli efir qilgan. Efir davomida u foydalanuvchilardan birining: «Sen odam emassan, shunchaki shaytonsan», — degan izohini o‘qib, skrinshotga olgan. So‘ng kulib, unga tahdid qila boshlagan.

«Menga shu gaplarni yozayotgan ekansan, seni izlab topishim mumkin. Shunda qaysi birimiz shaytonligimizni ko‘ramiz. Sen qanaqasan, o‘zingdan uyalmaysanmi? Oynada qanday ko‘rinasan?... O‘zing haqingda shaxsiydan yozib yubor. Qani, qaysi birimiz shayton ekanmiz. Shaytonlarning ko‘pini yo‘q qilganman, seni ham yo‘q qilishim mumkin», — deydi Qodirov.

Avvalroq Ramzan Qodirov koloniyada jazo o‘tayotgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning Qur’on tilovat qilmoqchiligini tanqid qilgan edi. Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Navalniy Qur’ondan siyosiy maqsadda foydalanmoqchi.

Shuningdek, Qodirov Isroil—Falastin mojarolari fonida Isroil politsiyasining Ramazon oyida Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi hududidagi operatsiyasini tanqid qilib, Isroildan «qonunbuzarlik» va «eng murakkab shakldagi provokatsiya» uchun falastinliklardan kechirim so‘rashni talab qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Shaytonlarning ko‘pini yo‘q qilganman, seni ham yo‘q qilishim mumkin» - Ramzan Qodirov