31 may kuni nishonlanadigan Butunjahon tamaki kuni arafasida olimlar dunyodagi eng ko‘p «chekuvchi» mamlakatlar o‘ntaligini e’lon qildi.
1990 yildan 2019 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab olgan global so‘rov The Lancet tibbiy jurnali saytida e’lon qilingan.
Tadqiqotda dunyodagi 204 mamlakatdan olingan 3625 ta so‘rovnoma natijalari batafsil tahlil qilingan.
Eng ko‘p «chekuvchi» o‘nta mamlakat qatoriga Xitoy, Hindiston, Indoneziya, AQSH, Rossiya, Bangladesh, Yaponiya, Turkiya, Vetnam va Filippin kirgan. Dunyoda har uchinchi kashanda Xitoyda yashaydi.
Statistika shuni ko‘rsatadiki, butun dunyoda chekuvchilar soni o‘sib bormoqda va 2019 yilda ular 1,1 mlrd kishini tashkil etgan.
Chekish dunyo bo‘ylab har yili 7,7 million o‘limga sabab bo‘ladi, shu jumladan har beshinchi o‘lim erkaklar orasida sodir bo‘ladi.
Shuningdek, har besh erkakdan bittasi, ayollar orasida esa har yigirmadan biri chekishni odat qilgan.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, chekish epidemiyasiga qarshi kurashish uchun, mamlakatlar tamaki mahsulotlariga nisbatan soliqlarni ko‘paytirishni o‘z ichiga olgan bir qator samarali tamaki siyosatini amalga oshirishi kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi