Foto: «TASS»
Braziliyadan yetkazib berish hajmining qisqargani va Kolumbiyadagi logistika muammolari sababli arabika navli qahvaning narxi to‘rt yil ichida maksimal darajada oshdi. Bu haqda Trading Economics ma’lumotlariga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
Amerikaning ICE birjasida iyul shartnomasining qiymati 2016 yil oxiridan buyon qahvaning bir funti uchun maksimal 1,572 dollargacha ko‘tarildi va shundan keyin 1,55 dollargacha tushdi.
Yirik arabika navini ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda kuzatilgan qurg‘oqchilik ushbu mavsum uchun hosil prognozlarining pasayishiga, shuningdek, 2022 yilgi hosillarning xavf ostida qolishiga olib keldi. Shu bilan birga, arabikaning ikkinchi eng yirik eksportchisi bo‘lgan Kolumbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari fonida yo‘llarning yopib qo‘yilishi sababli qahva eksporti qiyinlashdi.
Shuningdek, Xitoyda talabning o‘sishi sababli keyingi yilda sutning narxi rekord darajada qimmatlashishi mumkin, deb yozmoqda Financial Times. Yangi Zelandiyaning sut ishlab chiqaruvchi Fonterra kompaniyasi prognozlariga ko‘ra, 1 iyundan boshlab 12 oy davomida bir kilogramm quritilgan sut narxi 7,25-8,75 Yangi Zelandiya dollarini (5,26-6,35 dollar) tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi