12:00 / 29.05.2021
2 098

Qahva to‘rt yil ichida maksimal darajada qimmatlashdi


Foto: «TASS»
Braziliyadan yetkazib berish hajmining qisqargani va Kolumbiyadagi logistika muammolari sababli arabika navli qahvaning narxi to‘rt yil ichida maksimal darajada oshdi. Bu haqda Trading Economics ma’lumotlariga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

Amerikaning ICE birjasida iyul shartnomasining qiymati 2016 yil oxiridan buyon qahvaning bir funti uchun maksimal 1,572 dollargacha ko‘tarildi va shundan keyin 1,55 dollargacha tushdi.

Yirik arabika navini ishlab chiqaruvchi mamlakatlarda kuzatilgan qurg‘oqchilik ushbu mavsum uchun hosil prognozlarining pasayishiga, shuningdek, 2022 yilgi hosillarning xavf ostida qolishiga olib keldi. Shu bilan birga, arabikaning ikkinchi eng yirik eksportchisi bo‘lgan Kolumbiyada hukumatga qarshi norozilik namoyishlari fonida yo‘llarning yopib qo‘yilishi sababli qahva eksporti qiyinlashdi.

Shuningdek, Xitoyda talabning o‘sishi sababli keyingi yilda sutning narxi rekord darajada qimmatlashishi mumkin, deb yozmoqda Financial Times. Yangi Zelandiyaning sut ishlab chiqaruvchi Fonterra kompaniyasi prognozlariga ko‘ra, 1 iyundan boshlab 12 oy davomida bir kilogramm quritilgan sut narxi 7,25-8,75 Yangi Zelandiya dollarini (5,26-6,35 dollar) tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qahva to‘rt yil ichida maksimal darajada qimmatlashdi