
Pokiston Milliy assambleyasi (parlamenti) spikeri Asad Qaysar “Anadolu” agentligiga bergan intervyusida musulmon mamlakatlar birlashishi zarurligini ta’kidladi.
“Falastin va Kashmirdagi vaziyat 70 yildan beri BMTning kun tartibida turibdi, biz mazkur tashkilot o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishishini va nizolarni hal qilishga yordamlashishini istaymiz”, – dedi Qaysar.
Shuningdek, u dunyo musulmonlarining muammolarini hal qilish uchun Islom hamkorlik tashkilotini rivojlantirish zarurligi, bu esa faqatgina tashkilotga a’zo davlatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan amalga oshishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
“Dunyo adolatni qo‘llab-quvvatlashi zarur, – dedi Pokiston parlamentining spikeri. – Isroil va Hindiston aybsizlarni o‘ldiryapti, harbiy jinoyatlar sodir etyapti. Falastinda genotsid yuz beryapti, biroq dunyo jim turibdi”.
Asad Qaysar jahon hamjamiyatini adolatsizlikka qarshi chiqishga, Isroil tomonidan falastinliklarning, Hindiston tomonidan esa kashmirliklarning huquqlari buzilishini to‘xtatishga ko‘maklashishga chaqirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar