
Foto: Videodan kadr
Xitoy shimoli-sharqidagi Xeylunszyan provinsiyasining Shanchji shahriga 1 iyun kuni tornado yopirildi. Tabiiy ofat tufayli kamida bir kishi halok bo‘ldi, 16 kishi jarohatlandi.
Shahar ma’muriyatining ma’lumotlariga ko‘ra, keskin ob-havo sharoiti tufayli Shanchji shahridagi tornado mahalliy vaqt bilan soat 17:30 (Toshkent vaqti bilan soat 14:30) dan boshlab, taxminan, 30 daqiqa davom etdi va to‘rtta qishloqni qamrab oldi. Kuchli shamol o‘z ortidan do‘lni yetaklab keldi.
Xabarga ko‘ra, tornado 148 uyga, qishloq xo‘jaligi yerlariga va fabrikalarga zarar yetkazdi. Qishloqlarning 240 dan ortiq aholisi evakuatsiya qilindi. Hodisa oqibatidagi iqtisodiy zarar 5,12 million yuanga (795,400 dollar atrofida) baholanmoqda.
Severe tornado Outbreak ongoing in Heilongjiang Province in China. Now! Many significant tornados touch down in last several hours. pic.twitter.com/cJdRyy9DyM
— Mr. Wolf (@mole_cola) June 1, 2021
This is one of the most violent motion I've ever seen in China. The drillbit tornado occurred in HeiLongJiang Province yesterday really reminds me of the Dalton MN EF4 last year. pic.twitter.com/atlC4JmKP0
— Eric Wang (@Ericwang1101) June 1, 2021
Insane home video shows large significant tornado passing ShangZhi, HeiLongJiang Province several hours earlier.
— Dred IFB ? (@24_vesty) June 1, 2021
full video https://t.co/34iMmtWrg7#Tornados #tornadowarning #Tornado #China pic.twitter.com/0zRXohnu0v
Large, likely violent tornado this afternoon occurred in ShangZhi, HeiLongJiang Province several hours earlier, this video was just Hesston-esque, oh my lord..... pic.twitter.com/Yxjkn7HGlj
— Eric Wang (@Ericwang1101) June 1, 2021
Shifokorlar jabrlanganlardan birining ahvolini og‘ir deb baholamoqda, qolganlari esa faqat yengil jarohatlar olgan.
