
Joriy yilda Rossiyaga ishlash maqsadida kelayotgan xorijliklar soni qisqarmadi, deb axborot berdi Rossiya Federal migrasiya xizmati rahbari Konstantin Romodanovskiy. U bu haqda Evropa biznesi uyushmasiga a’zo kompaniyalar bilan bo‘lgan uchrashuvi chog‘ida gapirib o‘tgan.
“Yurtimizga ishlash uchun kelayotgan xorijlik fuqarolar soni qisqarmadi. Biz mazkur yilning boshida vaqtinchalik pasayishni kuzatgan edik, hozir esa boshqacha ko‘rinishni kuzatmoqdamiz – mamlakatga kirish 8 foizga ko‘paygan, chiqish esa 6 foizga kamaygan”, deb ma’lum qildi Romodanovskiy.
“Rossiya bankining ma’lumotlariga ko‘ra, rublning qadrsizlanishi natijasida, 2014 yilning ikkinchi yarmida xorijlik ishchilarning pul o‘tkazmalari miqdori 11 foizga kamaygan”, deb ta’kidlab o‘tdi Romodanovskiy.
FMX rahbarining ta’kidlashicha, bunda Ukraina fuqarolari hisobga olinmagan.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar