Qirg‘izistonda bortida maxsus xizmat jangchilari bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi

Qirg‘izistonda bortida maxsus xizmat jangchilari bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi
Qirg‘iziston janubida bortida “Alfa” maxsus xizmati jangchilari bo‘lgan Mi-8 harbiy vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda AKIpress xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, voqea O‘sh oblastining Cho‘n-Alay rayonida sodir bo‘lgan. Qirg‘iziston havo mudofaasi kuchlariga qarashli vertolyot bortida 15 kishi bo‘lgan. Halokat natijasida 13 kishi jarohatlangan.

Ta’kidlanishicha, jarohatlanganlarning uch nafari og‘ir ahvolda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar