Foto: «Ria.ru»
Isroil qadimiy yodgorliklar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Isroilning Tel-Aviv janubidagi Yavne shahrida olib borilgan qazish ishlari paytida taxminan 1000 yillik butun bir tovuq tuxumi topildi.
«Tuxum qobig‘i bo‘laklari avval ham Dovud, Kesariya va Apolloniyada topilgan, ammo tuxum qobig‘i mo‘rtligi tufayli deyarli biron bir tovuq tuxumi saqlanib qolmagan. Bu hatto dunyo bo‘yicha favqulodda noyob topilma», — dedi doktor Li Perri-Gal.
Arxeolog Alla Nagorskayaning so‘zlariga ko‘ra, tuxum axlatli chuqurlikda bo‘lgani uchun yaxshi saqlangan.
Isroil qadimiy yodgorliklar boshqarmasi tuxumning quduqqa qanday tushib qolganini aniqlashning iloji yo‘qligini qo‘shimcha qilgan.
Shu bilan birga, quduqdan Islom davriga oid suyakdan yasalgan uchta qo‘g‘irchoq ham topilgan bo‘lib, ular taxminan 1000 yil oldin o‘yinchoq sifatida ishlatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi