Foto: Reuters
Rossiya muxolifatchi Aleksey Navalniyni uning Amerika fuqarosi ekanligi va maxsus xizmatlarga ishlashi aniqlangan taqdirda AQSHga berishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Exo Moskvi» radiosi efirida aytdi.
«Agarda amerikaliklar u Qo‘shma Shtatlar fuqarosi ekanligini va maxsus xizmatlarga ishlashini rasman tasdiqlashsagina. Boshqachasiga hech qachon», — dedi Peskov.
Peskovning qayd etishicha, Navalniy masalasi Vladimir Putin va Jo Bayden o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tor doiradagi uchrashuvda ko‘tarilgan.
«Mavzu ko‘tarildi, u AQSH prezidenti tomonidan ilgari surildi. Rossiya prezidenti bunga javob qaytardi», — deya qo‘shimcha qildi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuv vaqtida Navalniyni AQSHga berish yoki kimgadir almashtirish imkoniyati muhokama qilinmagan.
Rossiya prezidenti sammitdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ham jurnalistlarning Navalniy borasida bergan savollariga javob qaytardi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi