
Guterrishni ikkinchi muddatga tayinlash to‘g‘risidagi rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.
BMT bosh assambleyasi Antoniu Guterrishni ikkinchi muddatga tashkilotning bosh kotibi etib tayinladi. Bu haqda BMT bosh assambleyasi 75-sessiyasi raisi Vulqon Bo‘zqir ma’lum qildi.
"Antoniu Guterrishni 2022 yil 1 yanvardan 2026 yil 31 dekabrgacha ikkinchi muddatga BMT bosh kotibi deb e’lon qilaman", - dedi u.
Guterrishni ikkinchi muddatga tayinlash to‘g‘risidagi rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.
Guterrish BMT bosh kotibligiga yagona nomzod bo‘ldi. Avvalroq uni tashkilotning xavfsizlik kengashi qo‘llab-quvvatlagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar