17:11 / 19.06.2021
2 230

Ruslar koronavirusga qarshi saqich chiqarishadi


Foto: «Ferra.ru»
RBK yozishicha,  Rossiya mudofaa vazirligining 48-markaziy ilmiy-tadqiqot instituti koronavirusga qarshi yangi dorini yangicha shaklda ishlab chiqarmoqchi.

Harbiylashgan ilmiy markaz yangi dorini saqich va pastila ko‘rinishida ishlab chiqaradi. Sinab ko‘rilganidan keyin koronavirusga qarshi profilaktika va davolanish uchun dorilar ro‘yxatiga kiritiladi.

«Ha, ushbu yo‘nalishda ishlar olib borilyapti», — MITI direktori, polkovnik Sergey Borisevich RBK tarqatgan xabar asosli ekanini tasdiqladi.

Ma’lumot uchun: koronavirus pandemiyasi davrida Rossiyada jami 5 281 309 kishi yangi virus bilan kasallandi. Bu  mamlakatda epidemiologik vaziyat yana tanglashmoqda: so‘nggi sutkada 17 262 ta yangi holat qayd etilgan, 10 954 nafar bemor tuzalgan, 453 nafari vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ruslar koronavirusga qarshi saqich chiqarishadi